Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Borussiya D" "Arsenal" bilan kelishib oldi

"Borussiya D" "Arsenal" bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi hujumkor yarim himoyachisi Itan Nvaneri yaqin vaqt ichida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o‘tadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Borussiya" 19 yoshli futbolchini ijaraga olish borasida "Arsenal" bilan kelishuvga erishgan. Futbolchining o‘zi ham transferga rozilik bildirgan.

Qayd etilishicha, Germaniya klubi "kanonirlar" tarbiyalanuvchisining maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

Joriy mavsumda Nvaneri hali biror marta maydonga tushmadi. Yarim himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 13:04, 01.09.2026.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик