Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Barkola: "Men APLga mos o‘yinchiman"

Barkola: "Men APLga mos o‘yinchiman"

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning yangi futbolchisi Bredli Barkola Angliyada o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olishiga ishonch bildirmoqda.

"Mening vazifam "Liverpul" o‘yiniga tezlik va keskinlik olib kirish. Menimcha, mening o‘yin uslubim va murabbiyning falsafasi bir-biriga juda o‘xshash. Men ingliz klublariga qarshi ko‘p marta o‘ynaganman va o‘z sifatlarim Premyer-ligaga mos keladi, deb hisoblayman", — deya Barkolaning so‘zlarini mersisaydliklar matbuot xizmati keltiradi.

Avvalroq "Liverpul" fransiyalik futbolchining "PSJ"dan transfer qilinganini rasman e’lon qilgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Barkola "qizillar" bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Hujumchining "Liverpul" safidagi debyuti 4 sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida "Ipsvich"ga qarshi safar uchrashuvida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Kiritildi: 13:14, 01.09.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик