Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Kevin Danso faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa jamoasi — "Sanderlend"da davom ettiradi.
Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga berish bo‘yicha bitim to‘liq yakunlangan. Bugun, 1 sentyabr kuni Danso "qora mushuklar" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Himoyachini keyinchalik sotib olish qiymati taxminan 29 million yevroni tashkil etadi.
27 yoshli avstriyalik futbolchi o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 8 ta sariq kartochka oldi.
Chempionatning dastlabki ikki turidan so‘ng "Sanderlend" turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi, "Tottenxem" esa so‘nggidan bitta oldingi pog‘onada bormoqda.













