Malik Fofana «Sanderlend»ga o‘tadi.
Angliya klubi 21 yoshli vinger transferi bo‘yicha «Lion» bilan 30 million yevro va bonuslar evaziga kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi. Futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘l olgan.
Avvalroq belgiyalik futbolchiga «Arsenal» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Biroq London klubi uning transferi uchun 35–40 million yevro to‘lashga tayyor emasdi.
Fofana o‘tgan mavsumda Liga 1 doirasida 12 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Joriy mavsumda esa 2 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan.













