Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

«Monako» Lamin Kamara uchun «Chelsi»ning 45 million yevrolik taklifini rad etdi

«Monako» Lamin Kamara uchun «Chelsi»ning 45 million yevrolik taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

«Monako» yarim himoyachi Lamin Kamara uchun «Chelsi» tomonidan berilgan 38,5 million funt sterlinglik, ya’ni taxminan 45 million yevrolik taklifni rad etdi. Bu haqda Sky Sports News jurnalisti Layall Tomas xabar berdi.

«Chelsi» jamoani tark etishga yaqin turgan Enso Fernandes o‘rniga yangi yarim himoyachi izlamoqda. London klubi shuningdek «Roma» futbolchisi Manu Kone uchun 52 million funt sterlinglik transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Biroq «Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini fransiyalik futbolchini jamoada saqlab qolishni istamoqda. Bu esa mazkur transferni ham murakkablashtirmoqda.

Sky Sports News avvalroq Lamin Kamara transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Chelsi»ning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlaridan biri ekanini ma’lum qilgan edi.

Enso Fernandesning «Manchester Siti»ga transferi oldinga siljiyotgan bir paytda, «Chelsi» seshanba kuni transfer oynasi yopilguniga qadar uning o‘rniga munosib futbolchi topishga harakat qilmoqda. Klub ayni paytda Kamara va Kone variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

22 yoshli Lamin Kamara Liga 1ning eng istiqbolli yosh yarim himoyachilaridan biri sifatida tanilgan. U himoyadagi faolligi va yuqori texnik mahorati bilan ajralib turadi.

O‘tgan mavsum Kamara Liga 1da 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, u Senegal terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etib, 4 ta o‘yinda bitta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 16:12, 01.09.2026.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик