Ispaniyalik himoyachi Alexandro Balde «Barselona»da qoladi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Kataloniyaliklar futbolchini sotmaslikka qaror qildi. Baldening o‘zi esa ko‘k-anorranglar tarkibidan joy olish uchun raqobatlashish niyatida.
Alexandro Balde «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchining mehnat shartnomasi yana ikki mavsum amal qiladi. Transfermarkt himoyachining qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.













