Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

18 yoshli Abdelkarim «Barselona»dagi ilk o‘yini haqida gapirdi

18 yoshli Abdelkarim «Barselona»dagi ilk o‘yini haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Hamza Abdelkarim kecha «Rayo Valyekano»ga qarshi La Liga 3-tur uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, Ispaniya chempionatidagi debyutini o‘tkazdi. Kataloniyaliklar bahsda 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.

18 yoshli futbolchi o‘zi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu lahza haqida fikr bildirdi.

«Debyut qilganimdan juda xursandman va bunday imkoniyatlar yana ko‘p bo‘lishiga umid qilaman.

Stadionda juda ko‘p muxlis bor edi va maydonga tushish imkoniyati meni qattiq hayajonlantirdi. Bu juda kuchli hissiyot edi. Uni yana va yana boshdan kechirishni istayman.

Jamoaga imkon qadar ko‘proq yordam berish va barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlayman», — dedi Abdelkarim.

Misrlik yosh iqtidor shuningdek ushbu uchrashuvda dubl qayd etgan Lamin Yamalni ham alohida maqtadi.

«U ajoyib inson. Barchamiz bilamizki, u maydonning qaysi nuqtasida bo‘lmasin, doimo bor kuchini beradi. Uning oyoqlarida sehr bor. U jamoa va muxlislar uchun o‘ynaydi», — deya qo‘shimcha qildi Abdelkarim.

Kiritildi: 16:33, 01.09.2026.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик