"Shtutgart" vingeri Jeymi Leveling joriy transfer oynasida klubni tark etmaydi.
Avvalroq "Roma" 25 yoshli futbolchi uchun 35 million yevro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgani xabar qilingan edi. Biroq Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, Leveling Italiya klubiga o‘tishdan bosh tortgan va "Shtutgart"da qolishni istamoqda.
Shuningdek, germaniyalik vingerga "Everton" ham qiziqish bildirgan. Angliya klubi futbolchi uchun 35 million yevro kafolatlangan to‘lov va yana 8 million yevro bonuslar ko‘rinishida, jami 43 million yevro taklif qilishga tayyor bo‘lgan.
Agar transfer amalga oshganida, Leveling "Shtutgart" tarixida Nik Voltemadedan keyingi ikkinchi eng qimmat sotilgan futbolchiga aylanishi mumkin edi.
Biroq Leveling "Everton" taklifini ham rad etdi va faoliyatini "Shtutgart"da davom ettirishga qaror qildi.













