Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Uli Xyoness "Legend Award" mukofotini, Xarri Keyn esa yil futbolchisi sovrinini oldi

Uli Xyoness "Legend Award" mukofotini, Xarri Keyn esa yil futbolchisi sovrinini oldi

Baho:
+ | -

Dushanba kuni kechqurun Gamburgda o‘tkazilgan Sport Bild Awards marosimida "Bavariya"ning ikki vakili maxsus mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Tadbirda qariyb 700 nafar mehmon, jumladan klub prezidenti Xerbert Xayner ham ishtirok etdi. "Bavariya"ning faxriy prezidenti Uli Xyoness "Legend Award" mukofotini shaxsan qabul qilib oldi.

Jamoa hujumchisi Xarri Keyn esa "Yil futbol yulduzi" deb topildi. Angliyalik futbolchi hakamlar hay’atiga videomurojaat orqali minnatdorlik bildirdi.

Xyoness Germaniya futbolidagi ko‘p yillik xizmatlari va faoliyati uchun mazkur mukofotga munosib ko‘rildi.

Keyn esa klub va milliy terma jamoa safida o‘tkazgan ajoyib mavsumi uchun taqdirlandi. Hujumchi 65 ta rasmiy uchrashuvda 73 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:58, 01.09.2026.
O'qildi: 507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик