Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Dibala Messi haqida: «Sen bolaligimdan beri menga ilhom berib kelgansan»

Dibala Messi haqida: «Sen bolaligimdan beri menga ilhom berib kelgansan»

Baho:
+2 | -

«Roma» va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Paulo Dibala Lionel Messining milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqidagi qarorini izohladi.

Futbolchilar Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib bo‘lishgan.

«Leo, sen bilan shuncha yil va shuncha lahzalarni birga o‘tkazish men uchun katta sharaf.

Bolaligimdan beri sen menga o‘zingga o‘xshashga intilish uchun ilhom berib kelgansan. Senga o‘xshash pozisiyada o‘ynaganim uchun doimo seni kuzatardim, sendan o‘rganishga va qilgan ishlaringning ko‘pini takrorlashga harakat qilardim. Hatto senga osondek tuyulgan narsalar boshqalar uchun deyarli imkonsiz edi...

Keyinchalik sen bilan bir maydonda o‘ynash, seni yaqindan tanish va birga eng buyuk orzuni amalga oshirish baxtiga muyassar bo‘ldim.

Terma jamoamizga bergan barcha narsang uchun rahmat. Bu yo‘lni sen bilan birga bosib o‘tganimdan faxrlanaman, kapitan», — deb yozdi Dibala Instagram’da.

Kiritildi: 19:38, 01.09.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик