«Nyukasl» «Lill» forvardi Matias Fernandes Pardoni transfer qilganini e’lon qildi.
21 yoshli hujumchi Fransiya klubidan Angliya klubiga o‘tdi. Avvalroq transfer qiymati 60 million yevro va bonuslarni tashkil qilishi xabar qilingandi.
Pardo o‘tgan mavsum Liga 1da 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Xaukon Xaraldsson bilan birga «Lill»ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi, shuningdek, Feliks Korreyya bilan birga jamoaning eng yaxshi assistenti unvonini bo‘lishdi.













