Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» Senegal terma jamoasi futbolchisini «Tottenxem»dan ijaraga oldi

«Yuventus» Senegal terma jamoasi futbolchisini «Tottenxem»dan ijaraga oldi

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ga tegishli Pap Matar Sarr faoliyatini Italiyada davom ettiradi. Senegallik markaziy yarim himoyachi joriy mavsum oxiriga qadar ijara asosida «Yuventus»ga o‘tdi. Bu haqda Turin klubining rasmiy sayti xabar berdi.

«Yuventus» Sarrning ijarasi uchun «shporlar»ga 2 million yevro to‘laydi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvda futbolchini 28 million yevro evaziga sotib olish summasi ham ko‘rsatilgan. Yarim himoyachi Italiya klubida 29-raqamda o‘ynaydi.

O‘tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:00, 01.09.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик