Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Barsa» yarimhimoyachisi ehtimoliy ijara variantini ko‘rib chiqmoqda

«Barsa» yarimhimoyachisi ehtimoliy ijara variantini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

«Barsa» yarimhimoyachisi Mark Kasado «Deportivo»ga o‘tish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deb xabar bermoqda Barca Blaugranes nashri.

22 yoshli futbolchi jamoadagi kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak va hozircha mavsum yakuniga qadar ijaraga ketish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Kasado «Barselona»dan ketish istagini bildirgan. Shu bilan birga, futbolchi uchun Turkiya klublaridan birining uni doimiy ravishda sotib olish taklifi ham mavjud.

«Deportivo» La Ligaga qaytganidan so‘ng mavsumni yaxshi boshladi va Kasadoni tarkibini kuchaytirish uchun muhim nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Transfer oynasi bugun yopilishi sababli Kasadoning kelajagi bo‘yicha qaror tez orada qabul qilinishi kutilmoqda. 

Kiritildi: 21:07, 01.09.2026.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик