Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

"Al-Ittihod" "Benfika" yulduzini transfer qiladi

"Al-Ittihod" "Benfika" yulduzini transfer qiladi

Baho:
+ | -

"Al-Ittihod" "Benfika" yarim himoyachisi Richard Riosni ijaraga olish bo‘yicha Portugaliya klubi bilan kelishuvga erishdi. Endi Saudiya Arabistoni klubi 26 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnomaning so‘nggi tafsilotlarini kelishib olishi kerak. Bu haqda Maisfutebol xabar berdi.

Ijara bir mavsumga mo‘ljallangan bo‘lib, shartnomada futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.

Riosga "Beshiktash" va "Xall Siti" ham qiziqish bildirgan, ammo futbolchining faoliyatini aynan Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi kutilmoqda. Uning "Benfika"ni tark etishiga asosiy sabablardan biri sifatida yetarli o‘yin amaliyotiga ega emasligi ko‘rsatilmoqda.

"Benfika" yarim himoyachining bir mavsumlik ijarasi uchun 3-4 million yevro oladi. Shuningdek, "Al-Ittihod" ijara muddati davomida Riosning maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

Rios o‘tgan mavsum "Palmeyras"dan 27 million yevro evaziga "Benfika"ga o‘tgan edi. Uning Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan.

Kolumbiyalik futbolchi "Benfika" safida 51 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:43, 01.09.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик