Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Tottenxem» «Chelsi» himoyachisini rasman transfer qildi

«Tottenxem» «Chelsi» himoyachisini rasman transfer qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» markaziy himoyachisi Tosin Adarabioyo «Tottenxem» safiga o‘tdi.

«Shporlar» 28 yoshli futbolchini yangi o‘yinchi sifatida rasman tanishtirdi. Angliyalik himoyachi bilan tuzilgan shartnoma muddati oshkor etilmagan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 8 million yevrodan ortiqni tashkil qilgan.

Tosin Adarabioyo ikki yil davomida «Chelsi» sharafini himoya qildi. Markaziy himoyachi «ko‘klar» safida barcha musobaqalar doirasida 70 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U bunga qadar «Fulxem» va «Manchester Siti» klublarida ham to‘p surgan.

«Tottenxem» Premyer-liganing yangi mavsumini ikki o‘yindagi ikki mag‘lubiyat bilan boshladi. Roberto De Dzerbi jamoasi 5 sentyabr kuni safarda «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:36, 02.09.2026.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик