Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Kamaraning «Chelsi»ga transferi so‘nggi lahzada amalga oshmay qoldi

Kamaraning «Chelsi»ga transferi so‘nggi lahzada amalga oshmay qoldi

Baho:
+ | -

«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamaraning «Chelsi»ga transferini bekor qildi.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klublar bitim shartlari bo‘yicha avvalroq kelishuvga erishgan edi. Biroq monegasklar keyinchalik o‘z pozisiyasini o‘zgartirib, futbolchini qo‘yib yubormaslikka qaror qildi.

Bu qaror «Monako»ning Folarin Balogunni sotish bo‘yicha «Everton» bilan muzokaralarni qayta boshlaganidan keyin qabul qilingan.

Qayd etilishicha, «Chelsi» rahbariyati transferning amalga oshmay qolganidan juda norozi va «Monako» vakillarining harakatlarini noprofessional deb hisoblamoqda.

London klubi Lamin Kamara uchun 55 million yevro to‘lashga tayyor edi. Shuningdek, 22 yoshli senegallik futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma shartlari ham kelishib olingan edi.

Kiritildi: 07:37, 02.09.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик