«Manchester Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
25 yoshli argentinalik futbolchi «shaharliklar»ning yangi o‘yinchisi sifatida tanishtirildi. Uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Transfer qiymati 125 million funt sterlingni, ya’ni taxminan 145 million yevroni tashkil qildi.
«Manchester Siti» — so‘nggi yillarda Angliyaning eng muvaffaqiyatli klubi. Har bir futbolchi bunday jamoada o‘ynashni orzu qiladi. Bu transferdan juda xursandman va «Siti»ga sovrinlar yutishda davom etishi uchun yordam berishga tayyorman», — deya Fernandesning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Enso Fernandesni 2023 yil yanvar oyida «Benfika»dan 121 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Argentinalik yarim himoyachi «ko‘klar» safida 170 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urgan va 30 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













