«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Iliman Ndiaye transferdan so‘ng ilk intervyusini berib, nima uchun aynan Manchester klubini tanlaganini tushuntirdi.
«Shaharliklar» 26 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida «Everton»dan sotib olganini e’lon qildi.
«Men bunday imkoniyatni butun umrim kutdim. «Siti» — dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Bolaligimdan bu jamoaning ketma-ket sovrinlar yutib kelishini kuzatganman. Bunday imkoniyat hayotda bir marta beriladi va men undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilaman.
Faoliyatim doimo ham oson kechmagan. Ammo bir kun kelib eng katta sovrinlar uchun kurashadigan jamoada o‘ynay olishimga bo‘lgan ishonchimni hech qachon yo‘qotmaganman. Va mana, endi men shu yerdaman. Bu ajoyib his», — deya Ndiayening so‘zlarini «Manchester Siti» rasmiy sayti keltirdi.
Iliman Ndiayening «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.













