Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Lasio» Samyuel Jigo bilan shartnomani bekor qildi

«Lasio» Samyuel Jigo bilan shartnomani bekor qildi

Baho:
+ | -

«Lasio» fransiyalik himoyachi Samyuel Jigo bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Italiya klubining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 32 yoshli futbolchi bilan kelishuv tomonlarning o‘zaro roziligi asosida bekor qilingan. Jigo bel qismidagi muammolar sabab joriy mavsumda hali maydonga tushmagan.

Himoyachi 2023 yildan buyon «Lasio» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Shu vaqt davomida u jamoa safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Jigo faoliyati davomida Moskvaning «Spartak», «Marsel», «Gent» va boshqa bir qator klublarida ham to‘p surgan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 1,2 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:00, 02.09.2026.
O'qildi: 312 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик