Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo 0-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 0-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Yamal La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Yamal La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

“Barselona” hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya futbolchilari assosiasiyasi tomonidan La Liganing 2025/26-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu Yamalning ketma-ket ikkinchi mavsum ushbu sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi. 19 yoshli futbolchi mukofotni Madridda bo‘lib o‘tgan marosimda qabul qilib oldi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng Yamal mikst-zonada jurnalistlar bilan suhbatlashdi. U sovrinni qo‘lga kiritgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, “Barselona”ga oid bir qator mavzularga to‘xtaldi, shuningdek, hozirgi sport formasi va jamoa bilan erishmoqchi bo‘lgan maqsadlari haqida gapirdi.

“Biz hamma sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Biz uchun eng muhimi ham shu”, deydi “Barselona” hujumchisi.

Yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares “Barselona”ga mos tushishi mumkinmi, degan savolga Yamal quyidagicha javob berdi.

“Hozir bizda hammasi yaxshi, buni ko‘rib turibsiz. Yetarlicha gol uryapmiz. U ajoyib futbolchi ekani aniq, ammo men tarkibimizdan juda mamnunman”.

Shuningdek, Yamal “Barselona”ning hujum uchligi “Real Madrid”nikidan kuchlimi, degan savolga aniq javob bermadi.

“Bu raqobat masalasi emas. Ammo biz hamma sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlaymiz”, dedi ispaniyalik iqtidor.

G‘olib professional futbolchilarning ovoz berishi orqali aniqlandi. Ular Yamalni o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etishdi. Mazkur mukofotning ahamiyati shundaki, u professional darajada to‘p surayotgan futbolchilarning o‘z hamkasbiga bergan bahosi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Yamal Ispaniya terma jamoasi bilan 2026-yilgi mundialda zafar quchdi. “Qizil furiya” chempionlik yo‘lida Portugaliya, Belgiya, Fransiya va Argentina kabi top-jamoalarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:13, 02.09.2026.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик