Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

“Andijon” klubi Ro‘ziqul Berdiyev bilan muzokara olib borilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

“Andijon” klubi Ro‘ziqul Berdiyev bilan muzokara olib borilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Baho:
+ | -

So‘nggi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon” futbol klubi yangi mavsum uchun bosh murabbiylik lavozimiga turli mutaxassislar, xususan, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoa matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda klub rahbariyati bosh murabbiylik masalasida boshqa mutaxassislar bilan hech qanday muzokara o‘tkazmayapti. Aksincha, jamoaning amaldagi murabbiylar shtabiga to‘liq ishonch bildirilgan.

“Jamoa belgilangan reja asosida mavsumni muvaffaqiyatli yakunlash va oldinda turgan maqsadlarga erishish yo‘lida ish olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan, klub ommaviy axborot vositalari hamda muxlislardan turli tasdiqlanmagan mish-mishlarga emas, balki faqat jamoaning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga tayanishni so‘ragan. Ta’kidlanishicha, klub hayotiga oid barcha muhim yangiliklar, jumladan, murabbiylar shtabi, jamoa tarkibi va transferlarga taalluqli xabarlar faqat jamoa matbuot xizmati tomonidan rasman e’lon qilib boriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Superligasining 19-turidan keyin “Andijon” 27 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan. 2026-yilgi mavsum boshida “burgutlar” boshqaruviga tajribali mutaxassis Samvel Babayan kelgan edi, ammo yomon natijalar sabab tomonlar shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Ayni paytda klubni Islom Ahmedov boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:49, 02.09.2026.
O'qildi: 1350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик