Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronalduning sobiq jamoadoshi uchun uch klub navbatda

Ronalduning sobiq jamoadoshi uchun uch klub navbatda

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning «An-Nasr»dagi sobiq jamoadoshi Marselo Brozovich uchun birdaniga uchta klub kurashga kirishdi.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli yarim himoyachini «Fiorentina», «Trabzonspor» va «Al-Ittihod» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Xorvatiyalik futbolchi ayni paytda erkin agent hisoblanadi. Shu bois uni transfer pulisiz qo‘lga kiritish mumkin.

Brozovich so‘nggi uch mavsumni Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida o‘tkazdi. U jamoa safida jami 124 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, tajribali yarim himoyachining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:52, 02.09.2026.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик