«Verona» himoyachisi Rafiq Belg‘ali Italiya A Seriyasining yana bir vakili — «Torino» tarkibida faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Turin klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuotda xabar berilganidek, transfer qiymati 7 million yevroni tashkil etgan.
24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 26 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U 2 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan. A Seriyaga ko‘chib o‘tishidan oldin Belg‘ali uzoq vaqt Belgiyada to‘p tepgan.
Italiya chempionatining ikki turidan so‘ng «Torino» turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda va hozircha ochko jamg‘armagan.













