«Aston Villa»ning 22 yoshli yarim himoyachisi Lamar Bogard yaqin vaqt ichida yangi shartnoma taklifini olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Aston Villa» niderlandiyalik futbolchiga shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Avvalroq Birmingem klubi futbolchini «Ipsvich» va «Brayton»ga sotishdan bosh tortgan. Bunga bosh murabbiy Unai Emerining uni jamoada saqlab qolish istagi sabab bo‘lgan.
Bogard yangi mavsumda 2 ta uchrashuvda ishtirok etdi va natijaviy harakat qayd etmadi.
Yarim himoyachining «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtasigacha amal qiladi.













