O‘zbekistonlik hakamlar U-20 Osiyo kubogi–2027 saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvda faoliyat olib boradi.
3 sentyabr kuni Yaman hamda Quvayt U-20 terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bahsga ikki nafar o‘zbekistonlik hakam tayinlandi.
Uchrashuvni bosh hakam sifatida Akobirxo‘ja Shukrullayev boshqaradi.
Unga qanotda Sanjar Shoyusupov yordam beradi.













