Misr futbol assosiasiyasi Xossam Hassan boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi. Yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi.
Mutaxassis terma jamoani 2024 yil fevral oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘l oldi va jahon chempionati pley-offida ilk bor g‘alaba qozonib, Avstraliyani mag‘lub etgan holda 1/16 finalga chiqdi (asosiy va qo‘shimcha vaqt — 1:1, penaltilar seriyasi — 4:2).
Ikkinchi bosqichda misrliklar Argentinaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Misr terma jamoasi uchrashuv davomida 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.













