Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kessyening agenti «Yuventus»ni transferni barbod qilganlikda aybladi

Kessyening agenti «Yuventus»ni transferni barbod qilganlikda aybladi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Frank Kessyening agenti Jorj Atangana bayonot berib, «Yuventus» rahbariyatini ivuarlik futbolchining yozgi transferi amalga oshmay qolishida aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi bir necha oy davomida «byankonerilar»dan taklif kutib, katta moliyaviy imtiyozlarga ham rozi bo‘lgan. Biroq yakunda klub tomonidan haqiqiy qiziqish yo‘qligiga duch kelgan.

«Frank “Yuventus” futbolkasida o‘ynashni qanchalik istaganini faktlar va katta moliyaviy qurbonliklari bilan isbotladi. U boshqa klublarning bir nechta taklifini rad etdi, ularning ayrimlarini hech bir futbolchi rad eta olmaydigan darajada jozibali edi», — dedi agent.

Atangana «Yuventus» bosh direktori Jovanni Karnevalining Kessye va uning vakili klubga o‘tishni yetarlicha istamagani haqidagi so‘zlarini ham rad etdi.

Yakunda 29 yoshli yarim himoyachi «Atalanta» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Atangananing ta’kidlashicha, Bergamo klubida Kessyeni ham shaxs sifatida, ham futbolchi sifatida qadrlashgan va muzokaralarda moliyaviy masala hech qachon birinchi o‘rinda bo‘lmagan.

Kiritildi: 16:25, 02.09.2026.
O'qildi: 583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик