Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ikardi yangi klub tanlashda pulni birinchi o‘ringa qo‘ymayapti

Ikardi yangi klub tanlashda pulni birinchi o‘ringa qo‘ymayapti

Baho:
+ | -

Mauro Ikardining agenti Letterio Pino argentinalik hujumchi yangi klub tanlashda nimalarga e’tibor qaratayotgani haqida gapirdi. U, shuningdek, «Lasio» varianti haqiqatdan ham muhokama qilinganini tasdiqladi.

«Pul ustuvor masala emas. U o‘ziga mos sport loyihasini va bir joyda ikki-uch yil qolish imkoniyatini izlamoqda. «Lasio»? Bunday imkoniyat bor edi. Fabiani o‘zini juda yaxshi tutdi, ammo biz bir-birimizga: biroz kutib turaylik, to‘xtab, hammasini yaxshilab o‘ylab chiqaylik, dedik», — deya Pinoning so‘zlarini jurnalist Nikolo Skira keltirdi.

Ayni paytda Ikardi erkin agent maqomida.

33 yoshli hujumchi shartnomasi yakunlanganidan so‘ng «Galatasaroy»ni tark etgan.

Kiritildi: 16:29, 02.09.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик