Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi «Feyenoord» futbolchisiga aylanadi

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi «Feyenoord» futbolchisiga aylanadi

Baho:
+ | -

Angliyalik vinger Reyss Nelson faoliyatini «Feyenoord»da davom ettiradi. 26 yoshli futbolchi «Arsenal»dan ketganidan so‘ng Rotterdam klubiga qaytmoqda.

Mashhur insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, Nelson tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Tomonlar kecha kechqurun shartnoma shartlarini kelishib olgan va shundan so‘ng transferni rasmiylashtirish uchun barcha tayyorgarliklar yakunlangan.

Nelson «Feyenoord»ga erkin agent sifatida bepul o‘tadi. Avgust oyi oxirida «Arsenal» futbolchi bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani muddatidan oldin bekor qildi va londonliklar tarbiyalanuvchisi erkin agent maqomiga ega bo‘ldi.

Vinger «kanonirlar» asosiy jamoasi safida 90 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 17:36, 02.09.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик