Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Chempionlar ligasida debyutantlar uchun maxsus belgi joriy etiladi

Chempionlar ligasida debyutantlar uchun maxsus belgi joriy etiladi

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasida ilk bor ishtirok etayotgan futbolchilar uchun maxsus farqlovchi belgi joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, turnirdagi birinchi uchrashuvini o‘tkazayotgan futbolchi formasining yeng qismida "Debyut" yozuvi tushirilgan maxsus nishonlar bilan maydonga tushadi.

Agar futbolchi Chempionlar ligasidagi debyutini zaxira o‘rindig‘idan boshlab, keyin o‘yinga qo‘shilish orqali amalga oshirsa, u ham maydonga tushish paytida ushbu maxsus nishon bilan chiqadi.

Yangilik 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab amal qiladi. Bu UEFA va Amerikaning Fanatics sport platformasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida yo‘lga qo‘yiladi.

Uchrashuvdan keyin futbolchilar taqqan nishonlar Topps kolleksion kartochkalar ishlab chiqaruvchisiga topshiriladi. Kompaniya ularni futbolchilar imzosi tushirilgan maxsus eksklyuziv kartochkalar to‘plamiga integrasiya qiladi.

Kutilishicha, 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab xuddi shunday "Debyut" nishonlari ayollar Chempionlar ligasida ham paydo bo‘ladi.

Kiritildi: 17:40, 02.09.2026.
O'qildi: 851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик