Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

«Chelsi»ning transferlardan tushgan daromadlari: klub qancha ishladi?

«Chelsi»ning transferlardan tushgan daromadlari: klub qancha ishladi?

Baho:
+ | -

Bu yoz «Chelsi» uchun juda faol o‘tdi. Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, klub futbolchilar sotuvidan 371 million funt ishladi. Bu Premyer-ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Transfer oynasining so‘nggi kunida Enso Fernandes ham klubni tark etdi.

Asosiy ketishlar:

Enso Fernandes → «Man Siti» — 125 mln funt (Britaniya rekordi, Aleksander Isak transferi summasini takrorlaydi)

Andrey Santos → «Man Yunayted» — 50 mln funt

Nikolas Jekson → «Aston Villa» — 65 mln funt

Mark Kukurelya → «Real» — 51,8 mln funt

Liem Delap → «Nottingem Forest» — taxminan 50 mln funt

Trevo Chaloba → «Komo» — 30,8 mln funtgacha

Tayrik Jorj → «Everton» — 24 mln funt

Mark Giu → «Leypsig» 16 mln

Omari Kellimen → «Strasbur» — 5 mln funt

Jimmi-Jey Morgan → «Vest Bromvich» — 4 mln funt.

Bundan tashqari, bir qator futbolchilar ijaraga berildi: Disasi — «Kristal Pelas», Robert Sanches — «Komo», Garnacho — «Aston Villa», Yorgensen va Essugu — «Strasbur», Uayli — «Preston», Sarr — «Real Sosyedad».

Shu bilan birga, klub 11 nafar yangi futbolchi uchun taxminan 276,5 million funt sarfladi. Ular orasida Morgan Rodjers, Maksans Lakrua, Emiliano Martines, Jordan Xenderson va Denni Uelbek bor.

Natijada «Chelsi»ning transferlardan sof foydasi 95 million funtni tashkil qildi.

Shunday qilib, deyarli yopiq sikl hosil bo‘lmoqda. «Chelsi» katta mablag‘ sarflaydi, ammo undan ham ko‘proq daromad qiladi. Klub ikkinchi yil ketma-ket transferlardan tushgan daromad bo‘yicha ligada peshqadam bo‘lmoqda. Bundan bir yil avval APL rekordi o‘rnatilib, futbolchilar sotuvidan 314 million funt tushgan edi.

BlueCo modeli to‘xtamasdan ishlamoqda: arzonroq sotib olish, qimmatroqqa sotish va yozni foyda bilan yakunlash.

Kiritildi: 17:47, 02.09.2026.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик