Kirish Ro'yxatdan o'tish

Obameyang Gabon terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Obameyang Gabon terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Baho:
+ | -

Hujumchi Pyer-Emerik Obameyang Gabon terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Yanvar oyida Gabon Afrika kubogida guruhda birorta ham ochko to‘play olmay, musobaqani tark etgan edi. Shundan so‘ng mamlakat hukumati Tyerri Muyumaning murabbiylar shtabini tarqatish, terma jamoa faoliyatini keyingi xabarga qadar to‘xtatish, shuningdek, Bryuno Ekyuel-Manga va Pyer-Emerik Obameyangni jamoadan chetlatish haqida qaror qabul qildi.

Bir necha kun o‘tib, bu choralar qisman bekor qilindi va Obameyang terma jamoaga qaytishi mumkin edi.

«Ular meni tahqirlashdi va obro‘yimga putur yetkazishdi, holbuki, men Afrika kubogida jarohat bilan o‘ynagan edim.

Bu so‘nggi tomchi bo‘ldi va men shu yerda to‘xtashni ma’qul ko‘raman», — dedi Obameyang seshanba kuni televideniye orqali bergan intervyusida.

37 yoshli hujumchi Gabon terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U shuningdek, terma jamoa sardori ham bo‘lgan.

Kiritildi: 17:49, 02.09.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик