Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Kanchelskis: «Xvicha — nomzod, ammo imkoniyati kam»

Kanchelskis: «Xvicha — nomzod, ammo imkoniyati kam»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis intervyusida Mishel Platinining «Oltin to‘p»ni «PSJ» vingeri Xvicha Kvarasxeliya olishi kerakligi haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

— Bu uning fikri, har bir insonning o‘z fikri bor. Platini bilan bahslashish ahmoqlik, buning nima keragi bor? Har kim o‘z fikrini bildirishi mumkin. Platini esa shaxs, fransuz. O‘z vaqtida bizda ham «Oltin to‘p»ga nomzodlar bo‘lgan — masalan, Arshavin.

Ammo jahon chempionatida o‘ynamayotgan bo‘lsangiz, qiyin. Agar terma jamoa o‘ynamasa, guruhdan chiqa olmasa, «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish qiyin. Shuning uchun Xvicha nomzodlardan biri, deb o‘ylayman, ammo rostini aytsam, u bu sovrinni oladi, deb o‘ylamayman.

Agar Gruziya terma jamoasi Yevropa chempionati yoki jahon chempionati yarim finaligacha yetib borganida, u 100 foiz «Oltin to‘p»ni olar edi. Ammo har kimning o‘z fikri bor, Platinining fikri bilan bahslashmayman.

— Baribir kim favorit?

— «Oltin to‘p»ni kim olishini bilmayman, hatto aytishga ham jur’at qilmayman. Ammo boshqa futbolchilarning imkoniyati Xvichaga qaraganda yuqoriroq. U ajoyib futbolchi, «Manchester Yunayted»da Jorj Best o‘ynagan davrni eslatadi. O‘sha paytda Shimoliy Irlandiya jahon chempionatlarida o‘ynamagan, ammo klubida u eng yaxshi edi va uni butun dunyo bilardi. Xvicha bilan ham xuddi shunday vaziyat, desa bo‘ladi, dedi Andrey.

Kiritildi: 17:53, 02.09.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик