Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Rodrigo maydonga qaytdi — "Real" vingeri tiklanishning yangi bosqichida

Rodrigo maydonga qaytdi — "Real" vingeri tiklanishning yangi bosqichida

Baho:
+ | -

"Real" vingeri Rodrigo jarohatdan tiklanish jarayonida muhim bosqichga o‘tdi.

Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Valdebebasda ilk bor maydonda mashg‘ulot o‘tkazishni boshladi.

Rodrigo mart oyida oldingi xochsimon paylarini uzib olgan va shu jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Og‘ir jarohat uning 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish umidlariga ham nuqta qo‘ygan.

So‘nggi oylarda 25 yoshli futbolchi klubning reabilitasiya guruhi bilan asosan trenajyor zalida ishlab kelayotgan edi. Endi esa u birinchi marta gazonga qaytib, tiklanish dasturining navbatdagi bosqichini boshladi.

Shunga qaramay, Rodrigoni hali uzoq tiklanish jarayoni kutib turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik vinger 2027 yilda maydonga qaytishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 18:01, 02.09.2026.
O'qildi: 1689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик