Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Serxio Aguero "Manchester Siti"dagi sobiq jamoadoshi Gabriel Jezusning "Barselona"da muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirdi.
"Gabriel Jezus "Barsa"ga juda ko‘p narsa bera oladi. Pep bizga yanada oldinroq harakat qiladigan hujumchi kerak bo‘lganida undan foydalanardi va uning vazifasi juda aniq edi. Flikning uslubi ham shunga o‘xshash.
Premyer-ligada gol urish juda qiyin. Menimcha, u bir mavsumda bemalol 10–15 ta gol ura oladi", — dedi Aguero.
Argentinalik sobiq futbolchi Rodrining transferi haqida ham o‘z fikrini bildirdi.
"Barselona" Rodridan zavq oladi. U juda sodda o‘ynaydi, maydonda pozisiyani ajoyib tanlaydi, jamoaviy futbolga mos va sheriklarini yaxshi sug‘urtalaydi. U vaziyatni oldindan his qiladi. Uni televizor orqali ko‘rish bilan maydonda qarshi o‘ynash umuman boshqa narsa", — dedi Aguero.













