Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Manchester Siti» yozda yangi futbolchilarga rekord darajada mablag‘ sarfladi

«Manchester Siti» yozda yangi futbolchilarga rekord darajada mablag‘ sarfladi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bir transfer oynasi davomida futbolchilar xaridi uchun sarflangan mablag‘ bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Transfermarkt portali.

Yozgi transfer oynasida «shaharliklar» 526 million yevro sarflab, 2025 yilda «Liverpul» tomonidan o‘rnatilgan 483 million yevrolik rekordni yangiladi.

Yozda «Man Siti» tarkibini yarim himoyachilar Enso Fernandes (145 mln yevro), Elliot Anderson (135 mln) va Ayyub Buaddi (95 mln), vingerlar Iliman Ndiaye (70 mln), Allan (37,5 mln), Matis Deturbe (25 mln) va Jeremi Monga (11,7 mln), darvozabonlar Xeronimo Ruli (3,5 mln) va Pirs Charlz (3,5 mln) to‘ldirdi.

Fernandesning transferi jamoa tarixidagi eng qimmat xarid bo‘ldi va futbol tarixidagi eng qimmat transferlar beshtaligiga kirdi.

«Manchester Siti» APLda 2 turdan so‘ng 6 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 18:05, 02.09.2026.
O'qildi: 1161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик