Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Devid: «Men qila oladigan yagona ish — gol urish»

Devid: «Men qila oladigan yagona ish — gol urish»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubiga yangi qo‘shilgan Jonatan Devid «Metropolitano» stadionida tanishtirildi. Kanadalik hujumchi yangi jamoasiga sotib olish imkoniyati bilan ijara asosida qo‘shildi.

«Bu buyuk klub va men bu ranglarni himoya qilishdan juda faxrlanaman. Men katta maqsadlarga ega jamoaga qo‘shildim», — deya forvardning so‘zlarini Marca keltiradi.

«Atletiko» uning transferini sotib olishni xohlashi uchun nima qilishi kerakligi haqidagi savolga Devid qarorni u qabul qilmasligini ta’kidladi.

«Menimcha, bu mening qarorim bo‘lmaydi. Men qila oladigan yagona ish — gol urish. Mening bu jamoada o‘ynash uchun yetarli sifatlarim bor, deb o‘ylayman», — dedi kanadalik futbolchi.

Klub prezidenti yangi futbolchi haqida gapirar ekan, Devid avval «Atletiko» darvozasini 9 marta ishg‘ol qilganini eslatdi.

Jonatan Devidning transfer huquqlari «Yuventus»ga tegishli.

Kiritildi: 19:06, 02.09.2026.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик