Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Beyli «Olimpiakos»ga o‘tish arafasida

Beyli «Olimpiakos»ga o‘tish arafasida

Baho:
+ | -

«Aston Villa» vingeri Leon Beyli «Olimpiakos»ga o‘tish arafasida. Gresiya klubi 29 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, gap futbolchini to‘liq transfer qilish haqida ketmoqda.

«Aston Villa» bitimni yakunlashga ruxsat bergan, Beyli esa «Olimpiakos» bilan 2029 yil yozigacha shartnoma tuzishga kelishgan.

Yamaykalik vinger allaqachon Afinaga yo‘l olgan va u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng transfer rasmiylashtirilishi mumkin.

Beyli 2021 yil yozidan buyon «Aston Villa» safida o‘ynab kelmoqda. U Angliya klubiga Leverkuzenning «Bayer» jamoasidan ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 19:11, 02.09.2026.
O'qildi: 809 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик