Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

«Real» mashg‘ulot bazasi daromad manbaiga aylandi

«Real» mashg‘ulot bazasi daromad manbaiga aylandi

Baho:
+ | -

«Real» Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasida reklama majburiyatlarining katta qismini bajarishga qaror qildi. Marca xabariga ko‘ra, klub deyarli barcha futbolchilarni bunga jalb qilgan.

Ertalabdan bazaga ko‘plab kameralar va suratga olish maydonchalari o‘rnatildi. Futbolchilar zaldagi mashg‘ulot, fizioterapevt qabuli va tiklanish jarayonlaridan so‘ng yoki mashg‘ulot oldidan navbat bilan suratga tushishdi.

Joze Mourinyu suratga olish ishlariga vaqt ajratish uchun mashg‘ulotni soat 17:00 ga ko‘chirdi. Bosh murabbiyning o‘zi ham jarayonni nazorat qilish maqsadida suratga olish hududlaridan ikki marta o‘tdi.

Jud Bellingem bilan bog‘liq kichik muammo ham yuzaga keldi. «Lui Vyuitton» brendi elchisi bo‘lgan futbolchining shaxsiy reklama majburiyatlari boshqa brendlar bilan hamkorlikka mos kelishi masalasi ko‘tarildi. Biroq vaziyat tezda hal qilindi.

Kiritildi: 19:52, 02.09.2026.
O'qildi: 1630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик