Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Seltik» Turin klubi futbolchisi uchun jozibali taklif tayyorlamoqchi

«Seltik» Turin klubi futbolchisi uchun jozibali taklif tayyorlamoqchi

Baho:
+ | -

«Seltik» «Torino» yarimhimoyachisi Gvidas Gineytisni transfer qilish uchun so‘nggi taklifini tayyorlamoqda, deya xabar bermoqda Celts Are Here.

Italiyalik jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lum qilishicha, muzokaralar hali yakunlanmagan va Shotlandiya klubi litvalik futbolchi uchun yana bir bor taklif bilan chiqmoqchi.

«Seltik» avvalroq Gineytis uchun 7 million yevro taklif qilgan, ammo «Torino» bu taklifni rad etib, futbolchini taxminan 10 million yevroga baholagandi.

Gineytisning o‘zi «Seltik»ka o‘tishga qiziqmoqda, uning vakillari bilan shaxsiy shartnoma masalalari ham avvaldan kelishib olingan.

«Torino» futbolchini arzonga sotishni istamayotgani bois «Seltik» belgilangan summani bonuslar va qo‘shimcha to‘lovlar orqali qoplash variantini ham ko‘rib chiqmoqda. 

Kiritildi: 20:51, 02.09.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик