La Liga avgust oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi va murabbiy sovrinlari uchun nomzodlarni e’lon qildi.
Futbolchilar orasida Pyer-Emerik Obameyang «Deportivo», Aleks Baena «Atletiko», Jud Bellingem «Real», Rafinya «Barselona» va Nauel Tenalya «Alaves» beshlikdan joy oldi.
Ular orasida eng sermahsul natijani Rafinya qayd etdi. Braziliyalik futbolchi avgust oyida 5 ta gol urib, yana 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Obameyang va Baena 3 tadan gol urdi. Shu bilan birga, ispaniyalik futbolchi 1 ta assist ham qayd etdi. Bellingem hisobida 2 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Tenalya esa 1 ta gol urdi.
Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi sovriniga Kike Flores «Alaves», Xans-Diter Flik «Barselona» va Joze Mourinyu «Real» da’vogarlik qilmoqda.
Flik va Mourinyu boshchiligidagi jamoalar oy davomida o‘tkazgan har uchala uchrashuvda g‘alaba qozondi. Flores boshqarayotgan «Alaves» esa ikki marta g‘alaba qozonib, yana bir bahsda durang qayd etdi.













