Londonning «Arsenal» klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Gabriel Xaynse «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesni jamoaga olib kelishga uringan.
Transfer News Live nashri Daily Mail ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Mikel Artetaning 48 yoshli yordamchisi o‘tgan hafta «Inter» sardori bilan bog‘lanib, uning Londonga ehtimoliy transferi masalasini muhokama qilgan.
Biroq muzokaralar aniq bosqichgacha yetib bormagan. Lautaro «Inter»da qolgan, «Arsenal» esa transfer oynasi yopilguniga qadar hujum chizig‘ini kuchaytira olmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Arsenal»ning asosiy transfer maqsadi boshqa argentinalik hujumchi — Madridning «Atletiko» klubi futbolchisi Xulian Alvares bo‘lgan.













