«Inter» himoyachisi Federiko Dimarko Milan klubi bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida gapirdi.
«Biz hali «Inter» bilan yangi shartnoma masalasini muhokama qilmadik. Bu o‘tgan mavsumdan keyin amalga oshadi, deb o‘ylagandim. Ammo yaqin orada barcha masalalarni muhokama qilamiz», — dedi Dimarko Sky nashriga.
Dimarko «Inter» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Italiyalik futbolchi klub safida 238 ta uchrashuv o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 52 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
28 yoshli chap qanot himoyachisining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Dimarkoning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













