Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Krauch APL 3-turidan o‘rin olgan «Arsenal» — «Chelsi» uchrashuvi uchun o‘z prognozini bildirdi.
«Har ikki jamoa hozir yaxshi ko‘rinishda. Men biroz tavakkal qilib, hammani hayratda qoldiradigan prognoz beraman: «Chelsi» 3:2 hisobida g‘alaba qozonadi. Menimcha, ular allaqachon chempionlik uchun da’vogar ekanini ko‘rsatishdi», — dedi Krauch.
Sobiq futbolchi «Chelsi»ning hujumdagi imkoniyatlarini ham yuqori baholab, ayniqsa Joao Pedroni alohida e’tirof etdi.
«Uning o‘yinini tomosha qilish menga yoqadi. Futboldan zavq olayotgani ko‘rinib turibdi. Menimcha, u bu mavsumda ko‘p gol uradi. Netu ham juda xavfli ko‘rinmoqda va yaxshi vaziyatlar yaratyapti.
«Chelsi»da bir nechta kreativ futbolchilar bor. Jamoaning yagona muammosi — himoya. Menimcha, ular gol o‘tkazib yuboradi. Masalan, «Brayton» ular darvozasiga uchta gol urdi», — dedi Krauch.
«Arsenal» va «Chelsi» o‘rtasidagi uchrashuv 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Har ikki jamoa hozircha 6 tadan ochko to‘plagan va yetakchilar guruhida bormoqda.













