Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Stefan El-SHaaravi «Jenoa» bilan shartnoma imzoladi

Stefan El-SHaaravi «Jenoa» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Stefan El-SHaaravi faoliyatini «Jenoa» klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

33 yoshli italiyalik futbolchi jamoaga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi.

El-SHaaravining so‘nggi klubi «Roma» edi. U Rim jamoasi bilan shartnomasi muddati yakunlanganidan keyin klubni tark etgan.

«Jenoa» Italiya chempionatining yangi mavsumini omadsiz boshladi. Jamoa dastlabki ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

«Jenoa» navbatdagi uchrashuvini 4 sentyabr, juma kuni o‘z maydonida «Komo»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:34, 03.09.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик