Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Makay: «Keyn «Oltin to‘p»ga munosib»

Makay: «Keyn «Oltin to‘p»ga munosib»

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Roy Makay myunxenliklar hujumchisi Xarri Keyn joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Agar Keyn «Oltin to‘p»ni yutsa, u bunga munosib bo‘ladi. Chunki u o‘tkazgan mavsum shunchaki ajoyib edi. Ammo futbolda hech narsani oldindan aniq bilib bo‘lmaydi. «Oltin to‘p»da shaxsiy did ham ma’lum ma’noda rol o‘ynaydi.

Menimcha, bu sovrin uchun kurashayotgan bir nechta futbolchi bor, ammo Keyn asosiy da’vogarlardan biri. Agar klubing va terma jamoang uchun shuncha ko‘p gol ursang, odamlar seni bosh nomzodlar qatorida tilga olishi tabiiy.

Men Keynning «Oltin to‘p»ni yutishini istardim, ammo buning uchun oktyabrgacha kutishimizga to‘g‘ri keladi», — dedi Makay.

O‘tgan mavsumda Xarri Keyn «Bavariya» safida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:29, 03.09.2026.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик