Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Golovinga APL klublari qiziqish bildirdi

Golovinga APL klublari qiziqish bildirdi

Baho:
+ | -

«Lids» va «Aston Villa» shu yozda «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga qiziqish bildirgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba «Chempionat» nashriga ma’lum qildi.

Avvalroq Golovinga «Zenit» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Golovin 2018 yildan buyon «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Fransiya klubi safida 270 ta uchrashuvda maydonga tushib, 40 ta gol urdi va 47 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni paytda futbolchining bozor qiymati 18 million yevroga baholanmoqda. Uning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Golovin barcha musobaqalar doirasida 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:31, 03.09.2026.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик