Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Portu» Braziliyaning yangi yulduzini transfer qildi

«Portu» Braziliyaning yangi yulduzini transfer qildi

Baho:
+ | -

«Portu» Braziliyaning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri Gabriel Mekni «Gremio»dan transfer qilganini rasman e’lon qildi.

Portugaliya klubi 18 yoshli futbolchi uchun 11 million yevro to‘ladi. Gabriel Mek «Portu» bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzoladi.

Yosh braziliyalikka Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirgan edi, ammo uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kechgan kurashda Portugaliya chempioni ustun keldi.

«Hamma «Portu» qanday buyuk klub ekanini yaxshi biladi. Bu Chempionlar ligasida ikki marta g‘olib chiqqan va Portugaliyada eng ko‘p sovrin yutgan klub.

Men bu yerga jamoaga yordam berish niyatida keldim. Bu men uchun orzu edi. Har safar maydonga tushganimda bor kuchimni beraman. Juda ko‘p insonlar mening o‘rnimda bo‘lishni istashini yaxshi tushunaman va bu imkoniyatga ega bo‘lganim uchun Xudoga shukr qilaman. Umid qilamanki, bu yerda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritamiz va chempionlik unvonimizni himoya qilamiz», — dedi qanot hujumchisi va hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida o‘ynay oladigan Gabriel Mek.

Kiritildi: 13:02, 03.09.2026.
O'qildi: 1089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик