Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mourinyo Raul Asensioning maydondan tashqari mojarolariga munosabat bildirdi

Mourinyo Raul Asensioning maydondan tashqari mojarolariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Raul Asensioning maydondan tashqaridagi mojarolari, jumladan mast holda avtomobil boshqargani bilan bog‘liq voqea va voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgan jinsiy mazmundagi videoni ruxsatsiz tarqatishga ehtimoliy aloqadorligi haqida fikr bildirdi.

«Men klubga kelganimda u bilan o‘tmishdagi voqealar haqida gaplashganman. Ammo shundan keyin maydon tashqarisidagi masalalarni muhokama qilmay qo‘ydim.

Valdebebasda u namunaviy professional. Sog‘lom paytida undan ko‘proq va yaxshiroq mashq qiladigan futbolchi yo‘q edi. Hozir ham u mashg‘ulotga birinchi bo‘lib keladi va oxirgi bo‘lib ketadi.

Ammo «Real Madrid» futbolchisi — sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun va yilning 12 oyi davomida «Real Madrid» futbolchisi bo‘lib qoladi. Futboldan tashqarida nima qilsangiz ham, bu baribir «Real Madrid» bilan bog‘liq.

Men bu holatdan mamnun emasman. Har kim xato qilishi mumkin, ammo xatolarning to‘planib borishi — butunlay boshqa masala», — dedi portugaliyalik mutaxassis.

«Klub ichki tekshiruv boshladi. Tekshiruv davom etayotgan ekan, men uni «Real Madrid» futbolchisi sifatida ko‘raman. U hozir jarohatlangan va yana bir necha hafta maydonga tushmaydi. Bu esa menga ushbu muammodan biroz chetda turish imkonini beradi», — deya qo‘shimcha qildi Mourinyo.

Kiritildi: 13:40, 03.09.2026.
O'qildi: 1416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик