AYEK yarim himoyachi Joau Mariu bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
2025/26 mavsumda 33 yoshli portugaliyalik futbolchi AYEK safida ijara asosida o‘ynagan. U 31 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, uning faoliyatida «Benfika», «Sporting», «Inter», «Vest Xem» va «Setubal» klublari bo‘lgan.
Joau Mariu Portugaliya terma jamoasi safida 56 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.













